Petropavlovsk qalʼasi
Petropavlovsk kalʼasi (rasmiy nomi Sankt-Peterburg qalʼasi; 1914— 17 yillar Petrograd qalʼasi) — Sankt-Peterburgda, Zayachye o.dagi qalʼa. 1703-yil 16. (27) mayda asos solingan. Pyotr I tuzgan loyiha asosida dastlab loy va yogʻochdan qurilgan, 18-asrning 30—40-yillari tosh bilan qoplangan. 6 bastion oʻzaro devorlar bilan tutashtirilgan. Bastion devorlarining balandligi 10–12 m, kengligi 20 m. Petropavlovsk qalʼasidan qamoqxona sifatida foydalanilgan. Hozir muzey. Petrovskiy va Nevskiy darvozalari, Petropavlovsk sobori, kronverk, zarbxona va boshqa muhta-sham binolar Petropavlovsk qalʼasining tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. Petropavlovsk qalʼasida Pyotr 1 va boshqa rus imperatorlarining kab-rlari bor. Qalʼadagi imoratlar, sagana toshlari klassitsizm uslubida ishlangan. Bayram kunlari Narishkin bastio-nida toʻp otiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |